Xotin-qizlarga OTMga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar my.uzbmb.uz platformasiga integrasiya qilinadi

Xotin-qizlarga OTMga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar my.uzbmb.uz platformasiga integrasiya qilinadi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, har yili ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga tavsiyanoma asosida OTMga qabul uchun 2000 ta imtiyozli kvota ajratilishi belgilangan. Ushbu tavsiyanomalar bir yil muddatga beriladi.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi asosida 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun 3 yil muddatga beriladigan imtiyoz ham mavjud.

Ushbu tavsiyanomalarga ariza topshirish va ularni yuklab olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi ishga tushirilgan.

Ahamiyatlisi, ushbu imtiyozlar barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga kirishda ham amal qiladi.

Yangilik shuki, joriy yildan boshlab xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integrasiya qilinishi ma’lum qilindi.

Endilikda OTMga kirish imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun tavsiyanomani kutish shart emas.

Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishi bilan my.uzbmb.uz saytida bu ma’lumotlar aks etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!