Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz yuzasidan ayrim tushuntirishlar

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz yuzasidan ayrim tushuntirishlar

Mandat chiqqandan keyin ko‘pchilik "Nima uchun bizga xotin-qizlarga berilgan 4 foizlik imtiyoz qo‘llanilmadi?" deb savol bermoqda. Shuning uchun ayrim tushuntirishlarni berib o‘tmoqchiman.

👉 Birinchidan, kechagi mandatda barcha imtiyozlar inobatga olingan, ya’ni mening balimga imtiyoz qo‘shilmabdi, endi qo‘shilarkan, deb o‘ylayotganlar adashyapti;

👉 Ikkinchidan, 4 foizlik imtiyoz bu ball qo‘shib beradi degani emas. Ko‘pchilik o‘zim to‘plagan balimga yana ball qo‘shib berilishi kerak edi, nega qo‘shilmadi deb hayron bo‘lib yuribdi. Sizga noto‘g‘ri ma’lumot berishgan, hech qanaqa ball qo‘shilmaydi;

Yana ham mana bu postda batafsil tushuntirganman, e’tibor bilan qayta o‘qib chiqing:
https://t.me/xushnudbek/6373

👉 Uchinchidan, yana ko‘pchilik tavsiyanoma oldim degani, grantga 100% kirdim degani, 68 balldan oshirsam, bo‘ldi, deb o‘ylagan. Bu ham noto‘g‘ri. Tavsiyanoma olishning o‘zi o‘qishga kirdi degani emasdi, o‘qishga kirish uchun yuqori ball ham to‘plash, ya’ni bilim ham muhim edi.

Jumladan, hududlar kesimida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish bali quyidagicha bo‘ldi:

Qoraqalpog‘iston – 154,5
Andijon – 135,2
Namangan – 151,5
Farg‘ona – 151,6
Buxoro – 160,2
Xorazm – 154,9
Surxondaryo – 150,5
Qashqadaryo – 157,3
Jizzax – 151,8
Navoiy – 163,9
Samarqand – 151,4
Sirdaryo – 138,5
Toshkent viloyati – 138,7
Toshkent shahri – 136,3

Ya’ni ushbu hududdan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar mana shu ballardan o‘tkaza olsagina, o‘zi topshirgan OTMga grantga kirdi. Bundan past ball to‘plaganlarga 4 foizlik imtiyoz qo‘llanilmadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!