Xorijiy korxona mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hisobchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Xorijiy korxona mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hisobchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.L.” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi sobiq bosh hisobchisi N.E. 2020 yil va joriy yilning o‘tgan 5 oyida korxonaning jami 8,7 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilganligi, shuningdek jinoiy yo‘l bilan orttirgan daromadiga qonuniy tus berish maqsadida 478 726 AQSh dollari xarid qilib, shundan 214 926 AQSh dollarini Moskva shahridagi bankomatlardan naqdlashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!