Xorazmda paxta bilan bog‘liq firibgarlikning oldi olindi

Xorazmda paxta bilan bog‘liq firibgarlikning oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2.490 kg paxta xom ashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Qo‘shko‘pir paxta tozalash»  AJ mansabdor shaxslari, «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!