Xorazmda noqonuniy valyuta savdosi fosh etildi

Xorazmda noqonuniy valyuta savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.A. fuqaro I.dan jami 3 000 AQSh dollarini har bir AQSh dollarini 10 700 so‘mdan hisoblab, 32,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonida bo‘lgan 41 316 AQSh dollari, 17 000 rossiya rubli va 62,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!