Xonandalarning sho‘riga sho‘rva to‘kiladimi? “O‘zbekkonsert” Senatdan to‘ylar haqidagi qarorni o‘zgartirishni so‘rayapti (video)

A A A
Xonandalarning sho‘riga sho‘rva to‘kiladimi? “O‘zbekkonsert” Senatdan to‘ylar haqidagi qarorni o‘zgartirishni so‘rayapti (video)

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senatining qabul qilgan qo‘shma qaroriga ko‘ra, endi to‘ylarga ikki nafardan ortiq xonandani taklif qilish mumkin emas. 

Albatta, qaror asosida qabul qilingan Nizomning ushbu bandi ayni vaqtda ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Kecha, 20 sentyabr kuni Senatda o‘tgan yig‘ilishda mazkur masala ham muhokama qilindi. 

Unda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov so‘z olib, ayrim hayotiy misollarni keltirdi. 

Aytaylik, san’atkorlarning daromadi to‘ydan. Buning ortidan ular lisenziya oladi. Mashhurlik darajasi, to‘y xizmatlarida ishtirok etish narxiga qarab lisenziya bahosi belgilangan. Qolaversa, ma’lum miqdorda soliq to‘laydi. Shuningdek, atrofida kamida 5-10 kishini ish bilan ta’minlaydi. Bu esa o‘z o‘zidan aholi bandligi va davlatga yana bir soliq to‘lovchi degani. Agar qaror kuchga kirib, o‘ylarda ikki nafardan ortiq xonandaning ishtiroki cheklansa, tabiiyki ularning daromadiga ta’sir qiladi. Oqibatda ish bilan ta’minlash darajasi tushadi, qolaversa, davlatga to‘lanayotgan soliq ham kamayadi. Oqibatda lisenziya narxi ham tushishiga sabab bo‘ladi.

“Amaliyotda shundayki, prodyuserlik markazlarida ijodiy guruh sifatida bir vaqtning o‘zida uch-to‘rtta xonanda faoliyat yuritadi. Agar to‘y egasi shu prodyuserlik markaziga kelib, guruh bilan shartnoma tuzsa, demak to‘yda o‘sha to‘rtta san’atkor ishtirok etadimi? Masalan, bir prodyuserlik markazi faoliyatida olib qaraydigan bo‘lsak, xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shohruhxon bitta guruh sifatida faoliyat olib boradi. Ularning lisenziyasi ham bitta”, deb murojaat qildi “O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov majlis qatnashuvchilariga. 

Mazkur savolga senator Iqbol Mirzo quyidagicha javob berdi:

“Agar ular sahnaga bir vaqtda chiqib, bitta qo‘shiqni aytsa, demak mumkin. Alohida chiqsa, mumkin emas”.

Masalaga davlat soliq qo‘mitasi raisi Mubin Mirzayev aralashdi. U jiddiy ohangda quyidagilarni gapirdi: 

“Tartibda aniq-ravshan yozilgan, ya’ni to‘yning egasi restoran bilan ham, san’atkor bilan ham shartnoma tuzadi. Shartnomada puli, xizmat turi ko‘rsatiladi va shartnoma kim bilan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha odam xizmat ko‘rsatishi kerak. Soliq organlariga kerakli jihati shundaki,  haqiqatan ham bugungi kunda xonandalarni soliqqa tortishda juda katta muammolar bor edi. Bu qaror  to‘yxonalar va shu bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarning hisob-kitobini joyiga qo‘yib, tushumlarini o‘rganish va soliqqa tortishda tartibga soluvchi hujjat bo‘ldi. Bundan kelib chiqib biz o‘zimizning tartiblarimizni ishlab chiqamiz. Masalan, qanday shartnoma qilinadi, qanday qilib soliq to‘ladi degan savollar aniqlashtirib olinadi. Shuning uchun bu soliq organlari uchun juda kerakli hujjat bo‘ldi”.

Abduqahharov yana so‘z olib, Mubin Mirzayevdan savoliga javob ololmaganini aytdi. Haqiqatan ham ushbu savol majlis qatnashchilarini o‘ylantirib qo‘ydi. 

Komissiya a’zolarining qayd etishicha, guruh bo‘ladimi yoki alohida san’atkor, bir kishi bilan shartnoma tuziladi va san’atkor kishi boshiga hisob qilinadi. Bo‘lmasa, san’atkorlar boshqa nayranglarni o‘ylab topadi. Nizomda qayd etilganidek, oilaviy tadbirlarda ikki nafardan ortiq xonanda (guruh)ning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Abduqahharov yana so‘zida davom etarkan, Nizomga o‘zgartirish kiritish taklifini o‘rtaga tashladi. Majlis ishtirokchilarining fikricha, agar qarorga yana o‘zgartirish kiritilsa, to‘ylarda tartib qolmaydi. 

“Shou-biznes vakillarini bilamiz, ular ertaga 50 ta san’atkor bilan bo‘lib, bitta guruh tuzib ham to‘ylarga kelishi mumkin. Shuning uchun qarordagi “ikki nafardan ortiq xonanda” degan so‘zga e’tibor beraylik. Hali lisenziya shartlari va talablari masalasini ham qayta ko‘rib chiqamiz. Agar oilaviy tadbirlarda ishtirok bandini buzsa, lisenziyani bekor qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Hozir bunga izoh talab qilmay, ijrosini nazorat qilish kerak. Buni Adliya vazirligining javobi sifatida qabul qiling”, deydi Adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev.

Majlisda qayd etilishicha, prodyuserlik markazlari bilan shartnoma tuzilganda ham, oilaviy marosimlardagi xonandalar ikki nafardan oshmasligi kerak. “Bu masala qat’iy, boshqacha yo‘lni qidirmagan ma’qul”, deydi Meliyev. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Украина жиддий молиявий қийинчиликларга дуч келмоқда ва яқин йилларда кенг кўламли ташқи ёрдамга муҳтож, деб ёзади AP.

Vladimir Putin ikki bolaning yangi yil orzusini ro‘yobga chiqardi

Владимир Путин билан навбатдаги жонли мулоқот 19 декабрь куни бўлиб ўтади.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.