Xomanaiy Trampning rejalarini masxara qildi

💬 «Amerikaliklar qog‘ozda dunyo xaritasini o‘zgartirishmoqda. Ammo bu rejalar hech qachon amalga oshmaydi, chunki ular haqiqatdan yiroq.»
Bu so‘zlarni Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektoridagi falastinliklarni qo‘shni arab davlatlariga ko‘chirish rejasi haqida gapirar ekan aytdi.
🔹 Trampning «buyuk kelishuv» taklifiga javoban Xomanaiy keskin munosabat bildirdi:
💬 «Amerika bilan muzokara olib borish na aqlli, na dono, na esa sharaflidir. Bu bizning muammolarimizni hal qilmaydi. Sababi? Tajriba!»
📌 Xomanaiy AQShning 2015 yilda imzolangan yadro kelishuvini buzganini eslatib o‘tdi.
📌 «Ikki yillik muzokaralar va Eron tomonidan ko‘plab yon bosishlarga qaramay, AQSh kelishuvni buzdi. Bu ishga mas’ul shaxs uni shunchaki yirtib tashladi», — dedi u, Trampning 2018 yilda AQShni kelishuvdan chiqarib, Eronga qarshi sanksiyalar joriy qilganini nazarda tutib.
💬 «Agar ular bizning xavfsizligimizga tahdid solsa, biz ham ularning xavfsizligiga tahdid solamiz. Agar ular o‘z tahdidlarini amalga oshirsa, biz ham shunday qilamiz», — deya qat’iy ta’kidlab o‘tdi Xomanaiy.
📌 Bu bayonotlar Tramp Eron bilan «nazorat ostidagi tinch yadro kelishuvi»ni qayta yo‘lga qo‘yish istagini bildirganidan keyin yangradi.
📌 Shu bilan birga, Tramp Tehronga qarshi maksimal bosim siyosatini qayta tiklashni ham rejalashtirmoqda.