Xizmat paytida uxlab yotganligi aytilgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)

Xizmat paytida uxlab yotganligi aytilgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas’uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom"ning 144-bandi, "k" kichik bandiga (ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi) muvofiq ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi, shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!