Xitoyning sobiq adliya vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Xitoyning sobiq adliya vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Payshanba kuni Xitoy sudi Xitoy sobiq adliya vaziri va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi rahbarining sobiq o‘rinbosari Fu Chjenxuani o‘limga hukm qildi.

Sina.com axborot portaliga ko‘ra, Chjenxua sud qarorini ikki yilga kechiktirish bilan o‘limga hukm qilingan.

Sudga ko‘ra, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, pora olgan, tadbirkorlarga homiylik qilgan va “kenja akasining og‘ir jinoyatlarini sodir etgani haqidagi dalillarni yashirgan”.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, olingan poralarning umumiy miqdori 117 million yuandan (taxminan 16,5 million dollar) oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!