Xitoylik olimlar ilk bor sigirni klonlashtirdi

Xitoylik olimlar ilk bor sigirni klonlashtirdi

Xitoylik biologlar ilk bor yiliga 18 tonna sut beradigan yuqori mahsuldor sigirning golshteyn zotini klonlashtirdi. Bu haqda Global Times nashri ma’lum qildi.

Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universiteti olimlari somatik hujayra yadro uzatmasi yordamida uchta buzoqni klonlashdi. Biologlar hayvonning quloq to‘qimalaridan foydalanganlar.

Tadqiqot guruhi rahbari Szin Yapinning nashrga ma’lum qilishicha, Xitoyda sog‘in sigirlarning 70 foizi xorijdan sotib olingani bois, Xitoy chorvachilik sanoatini qayta tiklash uchun tajriba katta ahamiyatga ega.

«Biz 2-3 yil davomida 1000 dan ortiq super sigirlardan iborat podani qurishni rejalashtirmoqdamiz, bu Xitoyning xorijdan hayvonlar yetkazib berishga qaramligini hal qilish uchun mustahkam poydevorga aylanadi», - dedi Szin Yapin.

Xitoylik olimlar so‘nggi yillarda bir nechta klonlash tajribalarini o‘tkazdilar, xususan, cho‘chqalar, otlar, mushuklar, itlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirishdi. Mamlakatda klonlangan uy hayvonlariga talab ortib bormoqda.

2018 yilda xitoylik olimlar primatlarni klonlash bo‘yicha texnik jihatdan murakkab vazifani muvaffaqiyatli hal qilishdi – dunyodagi birinchi klonlangan makakalar dunyoga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!