Xitoylik olimlar Ashina sulolasi bilan bog‘liq genetik tadqiqotning dastlabki natijalarini e’lon qildi

Xitoylik olimlar Ashina sulolasi bilan bog‘liq genetik tadqiqotning dastlabki natijalarini e’lon qildi

Xitoy olimlari Turk xoqonligining hukmron qabilasi Ashina sulolasining nasl-nasabini aniqlashga yordam beradigan genetik tadqiqotning birinchi natijalarini e’lon qildi. Bu haqda The Paper nashri xabar bermoqda.

Axborot manbasiga ko‘ra, Shanxaydagi Fudan universiteti Ilmiy-texnikaviy arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Ven Shaosin boshchiligidagi tadqiqot guruhi tarixiy shaxsning suyaklarini genetik ekspertizadan o‘tkazdi. Xitoy Chjou sulolasiga o‘tgan Turk xoqonligi hukmdori Mukan xoqonning qizi bo‘lgan malika Ashina nomi.

Tadqiqot natijalari yaqin kunlarda «Journal of Systematics and Evolution» da «Ancient Genome of Empress Ashina reveals the Northeast Asian origin of Göktürk Khanate» sarlavhasi ostida chop etiladi.

Ven Shaosinning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda xitoylik olimlar turkiy, Syanbi va G‘arbiy Sya mamlakatlari hukmron sulolalari genomini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar va dunyoda birinchi marta qadimgi hukmron sulolaning genom ketma-ketligini aniqladilar.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Ashina sulolaning kelib chiqishi haqida bir qancha taxminlar qilingan. Qirolicha Ashina suyaklaridan olingan genetik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Ashina sulolasi Shimoliy-Sharqiy Yevroosiyoda paydo bo‘lgan.

«Bizning ishimizda qo‘lga kiritilgan genetik ma’lumotlar Ashina oilasi Yevrosiyoning shimoli-sharqiy mintaqasidan, aniqrog‘i, bugungi shimoliy-sharqiy Xitoydan Rossiyaning Baykal hududigacha bo‘lgan hududdan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. Qolaversa, ashinalar genetik jihatdan so‘nggi temir davrida yashagan tungus va ko‘chmanchi mo‘g‘ul xalqlari juzjan, syanbi, xitan va moxe qabilalari bilan yaqinroq bo‘lib, aksincha, turkiy xalqlar bilan jiddiy farqlarga ega. Turk xoqonligi tarkibining xilma-xilligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Ashina sulolasining zamonaviy turkiy tilli xalqlarning genetik xilma-xilligiga qo‘shgan hissasi juda cheklangan bo‘lib, bu boshqa tomondan turkiylashuv jarayoni aholining ko‘payishi natijasi emas, balki madaniy tarqalish modeli ekanligini ko‘rsatadi», - deydi Ven Shaosin.

Xitoy yilnomalariga ko‘ra, 565 yilda Shimoliy Chjou sulolasi 120 kishidan iborat elchilar guruhi tuzib, va’da qilinganidek turk malikasini olib kelish uchun yuborilgan. Biroq, Shimoliy Si sulolasining elchilari ularning oldiga kelib, malika bilan nikoh qurishdi. Muqanxon har ikki tomonning elchilarini o‘zida saqlab qoldi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng 568 yilning mart oyida Muqanxonning o‘n to‘rt yoshli qizi Shimoliy Chjou sulolasi saroyiga kelin bo‘lib kirdi va imperator Vu-di uni dabdaba bilan qabul qilib, malika Ashina unvonini berdi.

Xitoy manbalariga ko‘ra, qirolicha Ashina hammadan go‘zal edi, shuning uchun imperator uni ayniqsa yaxshi ko‘rar va doimo hurmat qilar edi. Uning Xitoy saroyidagi mavqei juda yuqori bo‘ladi, buni Shoh-ona, Shoh-buvi degan faxriy unvonlar tasdiqlaydi.

Xitoylik olimlar Ashina sulolasi bilan bog‘liq genetik tadqiqotning dastlabki natijalarini e’lon qildi

Ven Shaosin jamoasi tomonidan qirolicha Ashinaning bosh suyagiga asoslangan rekonstruksiya chizmasi

Xitoylik olimlar Ashina sulolasi bilan bog‘liq genetik tadqiqotning dastlabki natijalarini e’lon qildi

Genetik ekspertiza natijalari shuni ko‘rsatdiki, Ashina oilasining ajdodi Shimoli-Sharqiy Yevroosiyo hududidan kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!