Xitoyda kuchli zilzila: Buyuk Xitoy devorining bir qismi vayron bo‘ldi

Xitoyda kuchli zilzila: Buyuk Xitoy devorining bir qismi vayron bo‘ldi

Xitoyda 6,9 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Natijada Buyuk Xitoy devorining bir qismi vayron bo‘ldi, odamlar jabrlandi. Bu haqda 9 yanvar, yakshanba kuni ma’lum qilindi, deya xabar beradi Global times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, silkinishlar shanba kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bu aholi kam yashaydigan hududda sodir bo‘lganiga qaramay, yer silkinishlarini bir qancha yirik shaharlar his qilgan.

Halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan, ammo to‘qqiz kishi jarohatlangan. Sakkiz kishi allaqachon shifoxonadan chiqarilgan, bir kishi hali ham shifokorlar nazoratida.

Yakshanba kuni rasmiylar Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasining Shandan okrugida zilzila Buyuk Xitoyning ikki metrini vayron qilganini aniqladilar.

Buzilgan joy Min sulolasi davrida (1368-1644) qurilgan. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!