Xitoyda 9 yoshli bolakay Xiaomi rahbarini hayratda qoldirdi: u original Redmi’ni san’at namunasiga aylantirgan

Xitoyda 9 yoshli bolakay Xiaomi rahbarini hayratda qoldirdi: u original Redmi’ni san’at namunasiga aylantirgan

Xiaomi kompaniyasi bosh direktori Ley Szyun Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali o‘zini hayratlantirgan voqea tarixi bilan bo‘lishdi. 9 yoshli bolakay original Redmi smartfonini yaratgan va uni ehtiyot qismlarini romga joylagan, deb xabar beradi IXBT.

Xitoyda 9 yoshli bolakay Xiaomi rahbarini hayratda qoldirdi: u original Redmi’ni san’at namunasiga aylantirgan

Foto: Weibo

«Bu juda kreativ. O‘zingiz foydalanmayotgan mobil telefonni shu kabi san’at asariga aylantirishni tavsiya qilaman. Bu barchaga telefon strukturasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi», — deydi Ley Szyun.

Xitoyda 9 yoshli bolakay Xiaomi rahbarini hayratda qoldirdi: u original Redmi’ni san’at namunasiga aylantirgan

Foto: Weibo

Redmi’ning birinchi avlodida 28 nanometrli to‘rt yadroli bir kristalga ega MediaTek tizimidan foydalanilgan. Ekranidagi piksellari soni 1280 x 720 ga teng, tezkor xotirasi 1 gigabaytga, ichki xotirasi esa 4 gigabaytga teng. U Android 4 operasion tizimidagi MIUI 5’da ishlagan. Akkumulyator sig‘imi 2050 mA/soat. Smartfon 8 va 1,3 megapikselli kameralarga ega bo‘lgan. O‘sha vaqtda smartfon narxi 125 dollarni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!