Xitoy yangi pnevmoniya epidemiyasi haqida "haqiqatni oshkor qildi"

Xitoy yangi pnevmoniya epidemiyasi haqida "haqiqatni oshkor qildi"

Xitoyda respirator kasalliklar to‘lqiniga ma’lum patogenlar sabab bo‘ladi, Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yangi viruslar aniqlanmagan.

Agentlik fuqarolarni shaxsiy himoya choralarini ko‘rishga, agar infeksiya yuqtirgan bo‘lsa, ish yoki maktabga bormaslik, shuningdek, “shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini olib borish”ga chaqirdi.

“Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda keng tarqalgan o‘tkir respirator kasalliklarning barchasi ma’lum patogenlar keltirib chiqaradi va tegishli tarzda ishlab chiqilgan davolash usullariga ega. Yangi viruslar yoki bakteriyalar keltirib chiqaradigan yangi yuqumli kasalliklar aniqlanmagan”, — deyiladi Davlat qo‘mitasi saytidagi press-relizda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!