Xitoy va AQSh o‘rtasida “yangi sovuq urush” boshlansa jahon halokatiga aylanadi

Xitoy va AQSh o‘rtasida “yangi sovuq urush” boshlansa jahon halokatiga aylanadi

Xitoy bilan AQSh o‘rtasida “yangi sovuq urush” boshlansa, dunyo miqyosida falokatga aylanishi mumkin, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer bilan suhbatlashgan chog‘ida. Ushbu xabar XXR Tashqi ishlar vazirligi saytida keltirilmoqda.

Uning aytishicha, Vashington Pekin bilan munosabatda oqilona siyosat yuritishi kerak va Xitoy-Amerika munosabatlarining asosini muhofaza qilishi lozim. Van I ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning Xitoyga eng asosiy tahdid va raqobatchi deb qarashi xatodir.

Xitoy bilan AQSh o‘rtasidagi “yangi sovuq urush” boshlangandan keyin kelib chiqadigan halokat nafaqat ikki mamlakatni, balki butun dunyoni o‘z domiga tortadi, dedi xitoylik diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!