Xitoy Ukraina mojarosida vositachilik qilishda Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlaydi

 Xitoy Ukraina mojarosida vositachilik qilishda Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlaydi

“O‘t ochishni to‘xtatish juda muhim. Xitoy olovga moy quymaydi, lekin qo‘l qovushtirib ham o‘tirmaydi va o‘z rolini o‘ynashda davom etadi. Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi va Yevropaning yirik davlatlarinining faol vositachilikni davom ettirish va tinchlikka erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Jozep Borrel bilan uchrashuvda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi mojaro kengayib, cho‘zilib bormoqda. Salbiy ta’sirlar esa tobora jiddiylashib bormoqda. Bu esa Xitoyni qoniqtirmaydi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni dastlabki shartlarsiz qayta boshlash tarafdori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!