Xitoy sun’iy intellektning harbiy suv osti kemalari uchun foydali bo‘lishiga shubha qilmoqda

A A A
Xitoy sun’iy intellektning harbiy suv osti kemalari uchun foydali bo‘lishiga shubha qilmoqda

Suv osti kemalarida sun’iy intellektdan foydalanish ekipajning omon qolish imkoniyatlarini 5 foizga kamaytirishi mumkin.

Bu haqda Xitoy vertolyotlarini tadqiq etish va rivojlantirish instituti katta muhandisi Men Xao boshchiligidagi tadqiqotga tayanib, South China Morning Post (SCMP)gazetasi xabar berdi.

Olimlar ilg‘or suv osti kemalariga qarshi urush tizimini tahlil qilishdi. Texnologiya real vaqtda aqlli qarorlar qabul qilish orqali hatto eng jim suv osti kemalarini ham ta’qib qilishga imkon berishi kutilmoqda. Tadqiqotga ko‘ra, ASV dan foydalanish 20 ta suv osti kemasidan faqat bittasini aniqlash va hujumdan qochishga olib kelishi mumkin.

"Jahon kuchlari SIni urushda qo‘llash poygasini kuchaytirar ekan, tadqiqot dengiz kuchlarini to‘xtatib turishning asosiy toshi bo‘lgan "ko‘rinmas" suv osti kemalari davri yakunlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda", — deyiladi maqolada.

Avgust oyida Defense One bosh muharriri Nik Veykman AQSh armiyasi SIni havo operasiyalari tizimlariga joriy qilmoqchi ekanligini xabar qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt elektron urushga chidamlilikni oshirishga yordam beradi, shuningdek, dronlardan foydalanishni integrasiyalash va havo hududiga avtonom platformalarni joriy etish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиқ