Xitoy Shveysariyadagi sammit oldidan Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini ilgari surmoqda

Xitoy Shveysariyadagi sammit oldidan Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini ilgari surmoqda

Xitoy Shveysariyadagi sammit oldidan Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini ilgari surmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning ismi sir qolishni istagan diplomatlarga tayanib xabar berishicha, Xitoy rasmiylari XXRga tashrif buyurgan boshqa davlatlarning rasmiylari va diplomatik vakolatxonalari bilan axborot almashinuv ishlarini kuchaytirgan. Bundan tashqari, Xitoyning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey may oyida Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni va BAAga tashrif buyurdi, shuningdek, Pekinda rivojlanayotgan davlatlar rasmiylari bilan uchrashdi.

Xorijiy mamlakatlar vakillari bilan suhbatlar davomida Xitoy rasmiypari Shveysariyadagi sammitni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanqid qilmagan va davlatlardan unda ishtirok etishdan tiyilishni so‘ramagan. Ammo bir diplomatning Reuters'ga aytishicha, Pekin Shveysariyadagi anjuman mojaroning cho‘zilishiga olib keladi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Xitoy, shuningdek, G‘arb vakillariga ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan sammit bo‘yicha Xitoyning nuqtai nazariga qo‘shilishini bildirdi.

Iyun oyi boshida Ukraina prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov 107 davlat va xalqaro tashkilot tinchlik sammitida ishtirok etishi haqida qilgan edi. Oradan bir hafta o‘tib, Shveysariya prezidenti Viola Amherd 80 ta davlat va 10 tashkilot anjumanda ishtirokini tasdiqlaganini ma’lum qildi. Ishtirokchilar sonining kamayishi Xitoyning harakatlari bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi, noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!