Xitoy Pokistonga moliyaviy yordam ajratadi
Kuni kecha Pokiston mamlakat valyuta zaxirasini va milliy valyuta kursi barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit ajratish bo‘yicha Xitoy banklari konsorsiumi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi
Juma kuni Pokiston davlat banki Xitoy banklar konsorsiumidan 15 milliard yuan (2,3 milliard dollar) kredit olishi haqidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda Pokiston moliya va daromadlar vaziri Miftax Ismail ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimanki, Xitoy konsorsiumidan ajratilgan 15 milliard yuan (Taxminan 2,3 milliard dollar) miqdoridagi kredit Pokiston davlat bankiga o‘tkazildi, bu mamlakatimiz valyuta zaxirasini mustahkamlaydi", - deb yozgan Moliya vazirligi rahbari.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)