Xitoy hukumati Gruziya bilan vizasiz rejim o‘rnatishga qaror qildi

Xitoy hukumati Gruziya bilan vizasiz rejim o‘rnatishga qaror qildi

Xitoy hukumati Gruziya bilan vizasiz rejim o‘rnatishga qaror qildi. Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gruziya OAV.

Unga ko‘ra, endilikda Gruziya fuqarolari Xitoyda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

«Bu vatandoshlarimizning Xitoyga borishini osonlashtiradigan va Gruziya va Xitoy o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan muhim qaror», - deydi bosh vazir. dedi.

Kobaxidzening qayd etishicha, bu qaror Tbilisi va Pekin o‘rtasida o‘tgan yili imzolangan strategik sheriklik shartnomasining yana bir muhim amaliy natijasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!