Xitoy hali Rossiyaga jiddiy harbiy yordam bermadi

Xitoy hali Rossiyaga jiddiy harbiy yordam bermadi

"Si Szinpinning Moskvaga tashrifi bilan bog‘liq diplomatik yordam kuchayganiga qaramay, Xitoy hali Rossiyaga jiddiy harbiy yordam ko‘rsatmadi", — deya ta’kidladi AQSh Davlat departamenti kotibi Entoni Blinken.

"Hozirgi vaqtda biz ularning bu chegarani kesib o‘tganini ko‘rmayapmiz", — dedi Blinken Senat qo‘mitasi tomonidan Xitoyning xatti-harakatlari haqidagi savolga.

"O‘ylaymanki, Xitoyning diplomatik yordami, siyosiy yordami va Rossiyaga qandaydir moddiy yordam ko‘rsatishi, albatta, bizning bu urushni tugatish istagimizga to‘g‘ri kelmaydi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq AQSh rasmiylari Xitoy Rossiyaga o‘q-dori va qurol yetkazib berishni boshlashi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.

Vladimir Putin taklifi bilan Moskvaga kelgan Xitoy rahbarining Rossiyaga tashrifi chog‘ida qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasi ochiq muhokama qilinmadi va unga izoh berilmadi.

Senator Lindsi Gremning AQSh Putinni Xalqaro jinoiy sud qarori asosida hibsga olishni talab qiladimi, degan savoliga javoban Blinken Davlat departamenti Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini qabul qilgan boshqa davlatlarni o‘z majburiyatlarini bajarishga undashini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!