Xitoy Afg‘oniston konlarini ko‘zlamoqdami?

Xitoy Afg‘oniston konlarini ko‘zlamoqdami?

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoy Afg‘onistondan olishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy manfaatga ishora qilmoqda.

Xitoy kompaniyalari allaqachon Afg‘onistonning tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan – Kobul bilan do‘stona munosabatlar Pekinning «Bir kamar, bir yo‘l» (BRI) tashabbusini Afg‘oniston va Markaziy Osiyo respublikalariga kengaytirish uchun yo‘l ochadi.

BRI boshqa maqsadlar qatori nochor mamlakatlarning tabiiy boyliklarini Xitoy manfaatlari yo‘lida qazib olish va tashib ketishga ham xizmat qiladi.

«Xitoyning siyosati Pekin Afg‘oniston konlariga juda qiziqayotganidan dalolat beradi», deydi hozirda Fransiyada yashayotgan ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Mirza Muhammad Yarmand.

«Ular shartnomalarni qo‘lga kiritib, Afg‘oniston konlarini ekspluatasiya qilmoqchi, chunki oradagi masofa juda qulay va tejamkor», dedi u.

Yarmandning fikricha, Pekin Afg‘onistonga qo‘shin kiritmagan ma’qul ekanini yaxshi biladi.

«Xitoy qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritishga hojat yo‘q, agar ular shunday qilishsa, bu ulkan mintaqaviy qarama-qarshilikka, Sharq va G‘arb o‘rtasida ziddiyatga olib keladi», deydi u.

«Xitoy qo‘shinlarining hozirligi hech bir afg‘on uchun maqbul emas, chunki Xitoy Afg‘onistonning barqarorligi, xavfsizligi yoki iqtisodiy rivojlanishiga hech qanday hissa qo‘shgani yo‘q», deydi universitet talabasi Xoliqiy.

«Xitoyning Afg‘onistondagi yagona maqsadi – konlarimizni talon-taroj qilish», dedi u. «Xitoyning harbiy hozirligi afg‘onlarning milliy manfaatlariga mos emas, aksincha vaziyatni murakkablashtiradi va Afg‘onistondagi bilvosita urushlarni avj oldiradi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!