Xersonda tunda suv sathi yanada ko‘tarilgan

Xersonda tunda suv sathi yanada ko‘tarilgan

Xersonda tunda suv sathi yanada ko‘tarilgan. Qutqaruvchilar qayiqlarda odamlarni evakuasiya qilmoqda.

Hududning Ukraina tomonidan tayinlangan rahbari ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina nazoratidagi o‘ng sohilda 1800 dan ortiq uylar suv ostida qolgan. Rossiya tomonidan bosib olingan chap sohilda esa vaziyat yanada yomonroq - daryoning bu tomoni pastlikda joylashgan.

Bu hududlardagi odamlar uylarining tomlarida tunagan, favqulodda xizmatlar odamlarni xavfsiz joylarga ko‘chirishga ulgurmayapti, ko‘ngillilar esa bu hududlarga o‘tkazilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!