Xerson viloyatidagi suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda

Xerson viloyatidagi suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda

Kaxovka GESi portlashi oqibatida Xerson viloyatiga suv taxminan 20 soat davomida keladi. Bu vaqt ichida suv sathi yana bir metrga ko‘tarilishi mumkin, dedi Xerson viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Prokudin.

"Ertalab Xerson viloyatining o‘ng qirg‘og‘ida 1852 ta uy suv ostida qoldi. Kechasi 13 kishi, jumladan, chap qirg‘oqda yashovchi besh kishi murojaat qildi. Ertalab soat 6.00 holatiga ko‘ra 1457 kishi evakuasiya qilindi", — dedi u shuningdek,telegram kanalidagi videomurojaatida.

Kaxovka suv omborida to‘g‘on vayron bo‘lganidan beri suv sathi 2,5 metrga pasaygan, dedi Krivoy Rog meri Aleksandr Vilkul.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!