Xerson viloyati Moskva vaqtiga o‘tdi
Xerson viloyati Moskva vaqtiga o‘tdi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Biz Moskva vaqtiga o‘tdik va hozir Moskva vaqti bo‘yicha yashayapmiz. Moskva Xerson viloyatidagi vaqt markazidir”, - deya Stremousovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Unga ko‘ra, joriy yildan boshlab Xerson viloyati qishki vaqtga o‘tmaydi.
Avvalroq Zaporoje viloyati Moskva vaqtiga o‘tgani xabar qilingandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)