Xavi Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirdi

Xavi Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Leo Messining jamoaga qaytish ehtimoli haqida gapirdi.

"Hozir bunday muzokaralarning vaqti emas deb o‘ylayman. U bilan do‘stman, ba’zida gaplashib turamiz, ammo hozir bu borada gapirishning vaqti emas. Bu Leo uchun ham klub uchun ham foydali emas.

Bu savol bo‘yicha shug‘ullanishmoqda, uning qalin do‘stiman. Ammo hozirgi vaqtda imkoniyatdan boricha foydalanishmoqda. Uning qanday o‘sayotganligini ko‘rib turibmiz. U namuna olish uchun ideal inson.

Kelajakda Leoni istalgan kasbda "Barselona"da ko‘rishni istardim. Uning qaytishidan ilk navbatda xursand bo‘ladigan inson men bo‘lsam kerak. Bu klub uning bor hayoti. Ammo hozir muzokaralar vaqti emas.

Bir oydan keyin ikkita sovrin yutishimiz mumkin. Hozir Messining qaytishi yoki boshqa futbolchi bilan shartnoma imzolash borasida emas, "Elche", "Real"ni o‘ylashimiz kerak", - dedi "Barselona" ustozi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!