Xamzat Chimayev Ramzan Qodirovga kutilmagan sovg‘a berdi

Xamzat Chimayev Ramzan Qodirovga kutilmagan sovg‘a berdi

Yarimo‘rta vaznda UFC jangchisi Xamzat Chimayev vatani — Chechenistonga qaytib, respublika lideri Ramzan Qodirov bilan uchrashdi.

"Braziliyalik Gilbert Byorns ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng "Chechen bo‘risi" Xamzat Chimayev ona vataniga qaytib, birinchi navbatda, mening huzurimga tashrif buyurdi. Yengilmas jangchimiz bilan uchrashuvda g‘alaba bilan uni shaxsan tabriklaganimdan juda mamnunman. Xamzat mening sport va sog‘lom hayotga befarq emasligimni unutmadi, u menga sport ekipirovkasi ko‘rinishidagi esdalik sovg‘alarini berdi.

Xamzatga sport faoliyatida omad tilayman va yana bir bor yorqin g‘alaba bilan tabriklayman! Uning yanada yuqoriroq cho‘qqilarni zabt etishiga va barcha raqiblarini mag‘lub etishiga ishonchim komil", - dedi Checheniston rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!