XAMAS yetakchisi Isroilni tan olishni rad etadi
Xamas yetakchisi Xolid Mashal juma kuni Falastin harakati Isroilni tan olmasligini yana bir bor ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, guruhning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi Falastin xalqini «faqatgina mustahkamlaydi».
Bu haqda Mashal Qatar poytaxti Doha shahridagi Imom Muhammad bin Abdul Vahhob masjidida o‘zining qo‘riqchisi Vasim Abu Shabonning dafn marosimida ma’lum qildi.
«Biz prinsiplar bo‘yicha murosa qilmaymiz va Isroilni tan olmaymiz. Xalqimiz jihod, qarshilik va haqlarimizni qaytarish yo‘lida davom etib, milliy birlikni saqlaydi», dedi Mashal.
“Bizning dushmanlarimiz [Isroil] saboq olishmayapti; ular yuz yildan beri rahbarlarimizni o‘ldirmoqda va nima bo‘ldi? Har safar bir rahbar vafot etsa, boshqasi keladi; bu xalqimizni faqat kuchli qiladi, - deb davom etdi u.
Ismoil Haniya chorshanba kuni Eron poytaxti Tehronda o‘ldirilgan. Xamas va Eron qotillikda Isroilni aybladi, biroq Tel-Aviv uning aloqadorligini na tasdiqladi, na inkor qildi.
Qotillik Isroil aviasiyasining Bayrutning janubiy chekkasida Hizbulloh qo‘mondoni Fuad Shukr o‘ldirilganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi.
Davom etayotgan voqealar fonida Isroil va Hizbulloh o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishidan qo‘rqish kuchaymoqda – tomonlar uzoq vaqtdan beri chegara osha hujumlar bilan almashishgan. 2023 yil oktabr oyidan beri 39500 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan G‘azo sektoriga Isroilning halokatli hujumi ham davom etmoqda.