Xalqaro World Boxing rasman AIMS tarkibiga kirdi

Mustaqil tan olingan sport turlari alyansi (AIMS) Lozannada navbatdan tashqari onlayn assambleyasini o‘tkazdi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xalqaro World Boxing federasiyasining tashkilotga rasman qabul qilinishi sessiyaning asosiy voqeasi bo‘ldi.
World Boxing arizasi SportAccord Ijroiya qo‘mitasi tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqildi va keyinchalik a’zolik komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Komissiya federasiya barcha zarur talablarga javob berishini tasdiqladi.
SportAccordning ijobiy xulosasidan so‘ng, World Boxing kirish taklifi AIMS kengashi va uning a’zolari tomonidan ma’qullandi. Shunday qilib, World Boxing AIMS sport hamjamiyatining bir qismiga aylandi. Bu Federasiya rivojlanishidagi muhim bosqichdir.
Ta’kidlash joizki, AIMSga a’zolik Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olinishini maqsad qilgan tashkilotlar uchun majburiy qadamdir. AIMS a’zosi bo‘lmanuncha, XOQ arizalarni ko‘rib chiqmaydi.