Xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Bishkekda qo‘lga olindi

Xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Bishkekda qo‘lga olindi

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Bishkekda o‘z vatanida qidiruvda bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi A.S.SH.ni qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

"A.S.SH. jinoiy guruhning faol a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida og‘ir jinoyat sodir etgan. Keyin jinoiy javobgarlikdan qutulish maqsadida O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. U O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan", — deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.

A.S.SH. Bishkekning Pervomay tuman sudi qarori bilan O‘zbekistonga chiqarib yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!