Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik jinoyatchi Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik jinoyatchi Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Qozog‘iston “Polisia” nashrining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik jinoyatchi Rossiya Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan tovlamachilik yo‘li bilan katta miqdorda pora olish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2020 yilda Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi — Mordoviya Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

32 yoshli ushbu jinoyatchi Atirau viloyatining Atirau shahri migrasiya xizmati bo‘limi xodimlari tomonidan hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda hibsga olingan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda unga nisbatan shaharni tark etmaslik profilaktik chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!