WSJ: Ukraina 2025 yilgacha urush frontida hujum amalga oshira olmaydi

WSJ: Ukraina 2025 yilgacha urush frontida hujum amalga oshira olmaydi

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Ukraina 2025 yilgacha boshqa yirik hujum uyushtira olmasligi mumkin.

Ukraina 2023 yil yozida amalga oshirgan qarshi hujumlarida katta hududlarni ozod qila olmaganidan keyin strategik mudofaaga o‘tmoqda, deb yoziladi maqolada.

Bundan tashqari, ayni paytda AQSh va Yevropaning iqtisodiy va harbiy yordami so‘roq ostida qolgan, Ukrainaning o‘zida siyosiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

“Ukrainaning o‘z hududining aksar qismini qaytarib olish imkoniyati ayni vaqtda so‘roq ostida qolmoqda, Putinning mamlakat iqtisodiyotini urushga yo‘naltirish taktikasi esa uning urushdagi va ehtimol diplomatik sohadagi mavqeini mustahkamladi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, nashrda aytilishicha, Ukraina urushdan qattiq charchagan va uning tiklanishi uchun vaqt kerak.

Ushbu maqola Ukrainaning Liman shahrida yozilgan. Uning hisobotida frontning ma’lum qismida ham Ukraina, ham Rossiya qo‘shinlari uzoq muddatli mudofaaga tayyorgarlik ko‘rayotgani yoziladi. “Yagona haqiqat shuki, bu urush hali uzoq vaqt davom etadi”, deya xulosa qilinadi unda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!