Women in Tech CCA Awards 2024: innovasiyalar va yutuqlar tanlovi

Women in Tech CCA Awards 2024: innovasiyalar va yutuqlar tanlovi

2024 yil 20 oktyabr kuni Toshkentda Women in Tech CCA Awards mukofoti doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan kelgan yetakchi IT sohasi vakillari, startap asoschilari va innovatorlar ishtirok etdi.

Mukofotning maqsadi — texnologiya sohasidagi ayollarning yutuqlarini e’tirof etish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Mukofot nomzodlari yetakchilik, innovasion va ijtimoiy faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan tanlandi.

Shunday qilib, mintaqaviy mukofot sohibalari quyidagilar bo‘ldi:

  • Aziza Nematova, O‘zbekiston, Cyber Security Club Uzbekistan — ASPIRING TEEN;
  • Nazeli Ter-Petrosyan, Armaniston, Al Researcher, Al Developer — WOMAN IN WEB3;
  • Rada Islamova, Qozog‘iston, Wonder Women CEO — BEST ALLY;
  • Kamila Daminova, O‘zbekiston, "HEAL" — Health Care direktori — MOST IMPACTFUL INITIATIVE;
  • Laman Aliyeva, Ozarbayjon, Artificial Intelligence HUB hammuassisi — MOST DISRUPTIVE;
  • Salome Kukava, Gruziya, Globalize asoschisi va bosh direktori — TECH DIPLOMACY;
  • Assel Seyfullina, Qozog‘iston, Global Green Hub asoschisi — GREENTECH STARTUP;
  • Nigora Dadabayeva, O‘zbekiston, MedTech AI Solutions asoschisi va direktori — LIFETIME ACHIEVEMENT;
  • Dinara Kojamjarova, Qozog‘iston, Qabi Tech hammuassisi, bosh texnologiya direktori — GLOBAL LEADERSHIP.

«Mukofot olish men uchun hayajonli va unutilmas voqea bo‘ldi. Bu menga Germaniyada doktorlik dissertasiyam uchun grant yutganimdagi hayajonli tuyg‘ularni qayta eslatdi. Yaqinda qo‘lga kiritilgan mukofot men uchun o‘sha his-tuyg‘ularni yana qaytardi», — deydi LIFETIME ACHIEVEMENT mukofoti sovrindori Nigora Dadabayeva. «Mazkur mukofot orqali olingan e’tirof va qo‘llab-quvvatlash mening mehnatim va intilishlarimga nisbatan nafaqat e’tirof bo‘ldi, balki meni yanada ilhomlantirdi.»

Har bir kategoriya g‘oliblari 14 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan Women in Tech Global Awards shortlistiga kiritildi.

«Texnologiyalar dunyosi cheksiz va teng imkoniyatlarni yaratadi. O‘zbekiston bilan hamkorlik ushbu sohada innovasiyalarni rivojlantirishga yordam beradi», — deydi Women in Tech Global asoschisi va bosh direktori Ayumi Mur Aoki. «Women in Tech tashkilotining faoliyati O‘zbekistonda texnologiya sohasida gender nomutanosibligini bartaraf etishga qaratilgan. Biz stereotiplarni yengib o‘tgan, innovasiyalar yaratgan va dunyoni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayollarning yutuqlarini e’tirof etishdan faxrlanamiz. Bu ularning shaxsiy g‘alabasi bo‘lib, IT sohasida tenglik va xilma-xillik sari muhim qadamdir.»

Shuningdek, taqdirlash marosimida O‘zbekiston Fintex Assosiasiyasi raisi Nargis Do‘stmatova, IT Park University bosh direktori Bahodir Ayupov va IT Community O‘zbekiston rahbari Shavkat Karimov ham so‘zga chiqdi. Ular o‘z tajribalari va ayollar uchun O‘zbekiston va jahon bozori istiqbollari haqida gapirdi.

«Axborot texnologiyalari bugungi kunda O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishdagi qarorlar ularning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolini oshirishga qaratilgan. Ushbu mukofotlar texnologiya sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar mehnatini qadrlash va rag‘batlantirishga xizmat qiladi», — deydi raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova.

Ko‘plab chiqishlar yosh avlodni rag‘batlantirish va qizlarni IT sohasida o‘z maqsadlariga dadil intilishga ilhomlantirishga qaratilgan edi. Ma’ruzachilar o‘ziga ishonish va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik muhimligini ta’kidladilar.

«IT sohasidagi ayollar soni har yili oshib bormoqda va zamonaviy dunyoda har kuni yangi rol modellari paydo bo‘lmoqda. Ayollar loyihalari davlat qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj, va O‘zbekiston hukumati ayollarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgani muhimdir. Ularning rag‘batlantirilishi yangi imkoniyatlarni yaratadi va ayollarga texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi», — deydi Women in Tech O‘zbekiston direktori Anna Ambrozevich.

Women in Tech Global Awards va Regional Awards butun dunyo bo‘ylab yettita yirik mintaqada o‘tkazildi. Joriy yilda CCA Awards uchun mintaqaning barcha davlatlaridan arizalar qabul qilindi. 45 nomzod final bosqichiga yetib keldi va ulardan 9 nafari hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshilari sifatida taqdirlandi.

Kelajakda bu mukofot innovasion yechimlarni yaratib, texnologiyalar rivojiga katta hissa qo‘shayotgan va kelajak avlodlar uchun o‘rnak bo‘layotgan ayollarni e’tirof etish uchun muhim platforma sifatida xizmat qilishda davom etadi. Women in Tech tashkiloti IT sohasida gender tengligini mustahkamlash va ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faoliyatini davom ettirib, O‘zbekistonning barcha hududlarida ularni yangi yutuqlar va yetakchilik roliga ilhomlantiradi.

Ta’kidlash kerakki, Women in Tech global tashkiloti 2017 yilda ayollarning texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot dunyo bo‘ylab 56 dan ortiq mamlakatlarda 250 mingdan ziyod ishtirokchini o‘z ichiga oladi. Uning bosh qarorgohi Fransiyada joylashgan bo‘lib, BMTning ayollar agentligi UN Women bilan hamkorlik qiladi. Women in Tech Global asoschisi va bosh direktori Ayumi Mur Aoki dunyoning yetakchi 100 ayoli ro‘yxatiga kiritilgan.

Women in Tech tashkiloti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini joriy yilning 2 martida boshladi. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari ta’lim va raqamli inklyuzivlikdir. Asosiy vazifalar qizlarni global hamjamiyatga integrasiya qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda gender tengligi muhim bo‘lgan sohalarda yetakchilik sifatlarini rivojlantirishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

Evropani g‘azablantirgan uchrashuv

Путиннинг айтишича, Словакия ва Фицо Украина музокараларида воситачилик қилишга тайёр.

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

2005 yilda tug‘ilgan braziliyalik qiz UFC bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

19 ёшли бразилиялик Элис Перейра аралаш яккакурашлар оламидаги энг нуфузли ташкилот — UFC билан шартнома имзолади.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati

.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

Markaziy bank 2025 yil boshida dollar kursi qancha bo‘lishini e’lon qildi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 2025 йил 3 январда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

G‘arb Rossiyadan sanksiyalarni AQShga ko‘chirishni taklif qildi

Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Shomurodovning maoshini to‘lay oladigan klub topilmayapti

"Рома" Элдор Шомуродов ўрнига "Удинезе" ҳужумчиси Бетога кўз тикди.

Nyu-Orleanda odamlarni avtomashinada bosib ketgan shaxs Shamsuddin Jabbor bo‘lib chiqdi

Бу ҳақда маҳаллий NOLA нашри хабар берди.

Britaniyada 52 yil oldin g‘oyib bo‘lgan ayol tirik va sog‘lom topildi

Шу тариқа, Британиядаги энг узоқ давом этган бедарак йўқолган шахслардан бири очилди.

Grenlandiya AQSh tarixidagi eng yirik xarid bo‘lishi mumkin

вақт олдин Қўшма Штатлар Париж билан умумий майдони қарийб 2,14 миллион квадрат километр бўлган француз мулкларини сотиб олиш бўйича келишув тузган.

Tramp Baydenni “falokat” deb atadi

Унинг қайд этишича, Байденнинг юмшоқ иммиграция сиёсати АҚШда радикал исломий терроризм ва бошқа жиноятларга сабаб бўлган.

Туркия Украинада зудлик билан ўт очишни тўхтатиш тарафдори , деди мамлакат ташқи ишлар вазири Ҳоқон Фидан .

АҚШ президенти Жо Байден ўз жамоаси билан Эрон ядровий иншоотларига зарба беришни муҳокама қилди . Бу ҳақда Ахиос портали хабар бермоқда .

AQShda metro kutib turgan erkak fojiali tarzda vafot etdi

АҚШнинг Ню-Ёрк шаҳрида платформа четида поезд кутиб турган шахс орқадан релсга итариб юборилди.

Бу чақириқни Европарламентнинг словакиялик депутати Лубос Блага ўзининг Телеграм- каналида қилди .

2024 yilda dunyodagi eng boy 500 kishining boyligi 10 trln dollardan oshdi

1 январ ҳолатига дунёдаги энг бой 10 киши рўйхати қуйидагича:

12 nafar "Mossad" josusi mukofotlandi

Исроил Президенти Исаак Гертсог ва "Моссад" директори Довид Барнеа 12 нафар "Моссад" агентини мукофотлаб, уларга мукофот гувоҳномалари топширди.

Kursk viloyatidagi rus askarlariga zarba berildi

Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши қошидаги дезинформацияга қарши кураш маркази раҳбари Андрей Коваленко Россия Федерациясининг 810-денгиз пиёдалари бригадасига “муваффақиятли зарба” берилганини эълон қилди.

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilish rejalarini ishlab chiqdi – FT

Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.

Bo‘lajak Prezident Panama kanalini nega AQSh nazoratiga qaytarmoqchi?

Панама Президенти Хосе Рауль Мулино CNN телеканалига берган интервьюсида Трампнинг канални қайтариш ҳақидаги баёнотини қўпол тарихий жаҳолатнинг намоёни, деб баҳолади.

Tramp Kanadaga “dunyoning boshqa hech bir davlatida bo‘lmagan harbiy himoya” taklif qilmoqda

Трамп Канадани ҳам Қўшма Штатлар таркибига киритишнинг афзаллигини айтмоқда.

Polshada askar jamoat joyida o‘t ochdi

Полшалик маст аскар мамлакат шарқидаги Мелник қишлоғида жамоат жойида ўт очди, деб ёзади “РИА Новости” .

Falastinda Al-Jazira telekanali faoliyati to‘xtatildi

Фаластин миллий маъмурияти (ПНА) расмийлари Қатарнинг “Ал-Жазира” телеканалининг Фаластиндаги кўрсатувини тўхтатмоқда , деб ёзади “ТАСС” WАФА агентлигига таяниб.

Tailandda avtobus halokatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Таиланд газетаси хабар берди.

Saxalinlik fuqaro lotereyada milliard rubl yutib oldi

1 миллиард рубл ютган шахснинг телефон рақами Сахалин вилоятида рўйхатга олинган, деб хабар берди “Россия Лотто” лотереяси матбуот хизмати 1 январ куни.

Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pasaydi

1 январ тонгида Ёқутистоннинг кўплаб аҳоли масканларида -50 даражадан паст ҳарорат қайд этилди.

Buyuk Britaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimi 2024 yilda chorakga oshdi

Ички ишлар вазирлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2024 йилда 36 816 киши бўғозни кесиб ўтган, бу 2023 йилда келган 29 437 кишидан 25 фоизга кўп. Бироқ, уларнинг умумий сони 2022 йилда қайд этилган рекорд 45 774 кишидан 20 фоизга кам.

Rus gazi to‘xtashi qaysi davlatlarga ta’sir qiladi, qaysilariga ta’sir qilmaydi?

Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.

Puerto-Rikoning 1,3 milliondan ortiq aholi elektr energiyasisiz qoldi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Turkiyada sayyohlardan foyda ko‘rgan firibgarlar to‘dasi qo‘lga olindi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .