Wizz Air Abu-Dabidan Samarqandga parvozlar sonini oshiradi

Vengriyaning Wizz Air loukoster aviakompaniyasi 26-martdan boshlab Abu-Dabidan Samarqandga parvozlar chastotasini oshiradi.
“Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta – seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq aviatashuvchi ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)