WhatsApp yangi tarjima funksiyasini ishlab chiqmoqda

WhatsApp yangi tarjima funksiyasini ishlab chiqmoqda

WhatsApp barcha chat xabarlarini tarjima qilish imkoniyati ustida ishlamoqda. Hozirda funksiya Android qurilmalari uchun sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar tarqatdi.

Foydalanuvchilar qabul qilingan xabarlarni 6 ta tilga, jumladan rus, ingliz, arab, ispan, portugal va hind tillariga tarjima qilishlari mumkin.

– Bu jarayon tezda amalga oshiriladi. Til tanlanganidan so‘ng, WhatsApp foydalanuvchidan tarjima uchun kerakli til paketini yuklab olishni taklif qiladi. Tarjimadan so‘ng xabar muvaffaqiyatli tarjima qilinganligini bildiruvchi yangi belgi paydo bo‘ladi, - deyiladi xabarda.

Maxfiylik nuqtai nazaridan shifrlash doimiy ravishda amalga oshiriladi va hech qanday ma’lumot qurilmadan tashqariga uzatilmaydi. Hozirda xabarlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga ham tarjima qilish imkoniyati ishlab chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!