WBO rossiyalik bokschilardan sanksiyani olib tashladi

WBO rossiyalik bokschilardan sanksiyani olib tashladi

Butunjahon boks tashkloti (WBO) rossiyalik bokschilarga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi.

Bu haqda TASS axborot agentligi WBO matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi. Buning natijasida Rossiya Federasiyasi bokschilari tashkilot reytingiga qaytadi. Ular bu imkoniyatdan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida mahrum etilgandi.

Ma’lumot uchun, yarimog‘ir vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev hisoblanadi. U 12 oktyabr kuni hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishi kerak. Ushbu anchadan beri kutilayotgan jangning Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Xalqaro boks federasiyasi (IBF) ham rossiyalik bokschilardan sanksiyani olib tashlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!