Volodin G7 Rossiyaning maxsus operasiyadagi muvaffaqiyatini tan olganini ma’lum qildi

Volodin G7 Rossiyaning maxsus operasiyadagi muvaffaqiyatini tan olganini ma’lum qildi

Ukrainadagi maxsus operasiyada Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni bildirgan G7 mamlakatlari, bu bilan Moskvaning undagi muvaffaqiyatini tan olishdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

"Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya, Yaponiya Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operasiyasining muvaffaqiyatini tan olishdi. Bugun G7 mamlakatlari yetakchilari tomonidan qabul qilingan bayonotni xuddi shunday baholash mumkin”, - deb yozdi u o‘zining telegram kanalida.

Volodinning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar maxsus operasiyaning asosiy maqsadlariga qarshi chiqishmoqda: Ukrainani demilitarizasiya, denasifikasiya qilish, uning blokka qo‘shilmaslik, yadrosiz maqomi hamda Donesk va Lugansk xalq respublikalarining o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqlari.

Rossiya Davlat dumasi raisining fikricha, aynan shuning uchun NATO Rossiyaning xavfsizlik masalalariga oid tashabbuslarini qabul qilmagan.

“Rossiya ularning NATOni sharqqa kengaytirish rejalarini barbod qildi”, - deb hisoblaydi Volodin.

Avvalroq “Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainadagi “g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik” niyatlari haqida ma’lum qilishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!