Vladimir Solovyevning Italiyadagi beshinchi villasi aniqlandi

Vladimir Solovyevning Italiyadagi beshinchi villasi aniqlandi

Propagandachi Vladimir Solovyevning Italiyadagi beshinchi villasini jamoatchilikdan yashirishga uringani ish bermadi. Rossiyalik teleboshlovchining onasi nomiga sotib olingan ko‘chmas mulki borligi «Vajniye istorii» nashri tomonidan fosh etilgan. Nashr reestrdan ko‘chirma chop etgan.

Aleksey Navalniyning “Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi” surishtiruvlaridan ma’lum bo‘lishicha, Solovyev ikkita villaga to‘liq egalik qiladi, yana bittasi esa onasining nomiga o‘tkazilgan. Biroq, keyin ma’lum bo‘lishicha, uning onasi Irina Solovyevaga Italiyadagi bitta emas, ikkita villa berilgan, ikkinchi villa Komo ko‘li sohilida joylashgan.

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, bosqinni qo‘llab-quvvatlagan ushbu propagandist Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya, Avstraliya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning sanksiyalariga duchor bo‘ldi. 2022 yil mart oyida Italiya hukumati Komo ko‘li bo‘yidagi umumiy qiymati 8 million yevro bo‘lgan ikkita Solovyev villasini hibsga oldi.

Propagandistning rasmiylar tomonidan hisobga olinmagan uylarini aniqlagan Navalniy jamoasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi Italiya Moliyaviy xavfsizlik qo‘mitasidan ushbu mulkni ham hibsga olishni so‘radi. Shuningdek, ular Solovyevlar oilasi a’zolaridan vizalar va istiqomat uchun ruxsatnomalarni olib qo‘yishni taklif qilishdi. 2019 yilda targ‘ibotchi o‘zida va farzandlarida bu hujjatlar borligini aytgandi. Biroq, endi unga Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlariga kirish taqiqlangan.

Solovyev yaqinda Yevropa rasmiylarini nasizm va antisimetizmda aybladi. "Bu fashist ablahlarga aytadigan gapim yo‘q. Ular shunchaki nasistlar. Eng avval menga o‘xshagan yahudiylarni Italiyadagi mulkidan mahrum qilishadi. Yevropalik nasistlar biz yahudiylarni birinchi marta mulkimizdan mahrum qilishayotgani yo‘q”, degan Kremlning bosh propagandisti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!