Virjiniya marixuanani qonuniylashtirishni qo‘llab-quvvatlagan birinchi janubiy shtatga aylandi

Virjiniya marixuanani qonuniylashtirishni qo‘llab-quvvatlagan birinchi janubiy shtatga aylandi

AQSh Vakillar Palatasi va Virjiniya Senati 2024 yildan kattalar uchun marixuanadan rekreasion foydalanishni qonuniylashtirishga ovoz berdi.

Virjiniya marixuanani qonuniylashtirishni qo‘llab-quvvatlagan birinchi janubiy shtat bo‘ldi. Endi qonun loyihasi legallashtirish tarafdori bo‘lgan demokrat-gubernator Ralf Nortamga imzolash uchun taqdim etiladi. Loyihada 28,3 grammgacha bo‘lgan marixuana saqlash shtatda 2024 yil 1 yanvardan qonuniy kuchga kirishi aytilgan. Shu bilan birga, qonuniy sotuvlar boshlanadi va Virjiniyada marixuana muomalasini tartibga soluvchi qoidalar kuchga kiradi.

Qo‘shma Shtatlardagi federal darajada marixuanani saqlash va undan foydalanish noqonuniy hisoblanadi, ammo faqatgina 15 ta shtat va Kolumbiya okrugi uni qonuniylashtirgan.
4 fevral kuni AQSh Vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan federal marixuana dekriminallashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Uning nafaqat qonuniy tarqalishi va saqlanishi, balki marixuana ishlatilishi va saqlanishi uchun ilgari chiqarilgan hukmlarning bekor qilinishini ham ko‘rib chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!