So‘nggi bor “Real Madrid” safida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga yaqin kelgan, Karim Benzemadan so‘ng jamoaning yetakchisiga aylangan va bu maqomini Kilian Mbappe kelmaguniga qadar o‘zida saqlab turgan Vinisius Junior atrofidagi vaziyat tobora taranglashib bormoqda.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik vinger klub rahbariyatiga bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlar yaxshilanmaguncha yangi shartnoma imzolamoqchi emasligini bildirgan. Bu ma’lumot Vinisius Junior va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi suhbatdan xabardor bir nechta manbalar tomonidan tasdiqlangan, ammo maxfiylik sababli ularning nomi oshkor qilinmayapti.
Uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan
Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027-yilning iyun oyida yakunlanadi. Yangi bitim bo‘yicha muzokaralar yanvar oyida boshlangan bo‘lsa-da, tomonlar maosh masalasida kelisha olmagach, jarayon boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
26 oktyabr kuni “Real”ning “Barselona” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng Vinisius klub prezidenti Florentino Peres oldiga borib, o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘ragan. U o‘sha o‘yinning 72-daqiqasida almashtirilganidan so‘ng juda keskin reaksiya bildirgan. Futbolchi maydondan jahl bilan chiqib ketayotib, “Nega, doim men? Jamoani tark etaman, shunday bo‘lgani yaxshi!” deya baqirgan.
Peres hamda futbolchi o‘rtasidagi suhbat davomida Vinisiusning kelajagi ham muhokama qilingan. Unda vinger Alonso bilan munosabatlar sababli hozir shartnomani uzaytirish o‘zi uchun eng to‘g‘ri qaror emasligini aytgan. O‘shandan buyon Vinisiusning fikri o‘zgarmagan.
Alonso va Vinisius o‘rtasidagi ziddiyat ildizlari
Manbaga ko‘ra, Vinisius va Xabi Alonso o‘rtasida bir qator masalalarda kelishmovchilik mavjud. Alonso may oyida Karlo Anchelottidan keyin jamoani qabul qilib olganidan beri bu taranglik tobora kuchayib bormoqda.
Ziddiyatning ilk alomatlaridan biri 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida kuzatilgan. O‘sha bahsda “Real Madrid” “PSJ”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Mazkur o‘yinda Alonso aslida Vinisiusni zahirada qoldirmoqchi bo‘lgan, ammo Trent Aleksander-Arnoldning jarohati sabab rejani o‘zgartirishga majbur bo‘lgan va braziliyalikni o‘ng qanotda o‘ynatgan.
Shundan beri Vinisius Madrid klubi safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning atigi beshtasini to‘liq o‘tkazdi, to‘rtta bahsni esa zaxiradan boshladi.
Ishonchsizlik va ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotlar
Vinisius Alonso unga adolatli munosabat qilmayotganini o‘ylayotgani aniq. “Barselona”ga qarshi o‘yindagi hissiy holatidan keyin u ijtimoiy tarmoqlarda uzr so‘radi, ammo bayonotida Alonso nomini keltirmadi. Bu esa klub ichidagilarni hayratda qoldirdi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, braziliyalik futbolchi Instagram sahifasidan “Real Madrid” futbolchisi ekanini bildiruvchi yozuvni olib tashladi. Bu esa muhokamalarni yanada kuchaytirdi.
Moliya masalasi — rekord shartnoma talabi
“Real Madrid” dastlab Vinisiusga yiliga taxminan 20 million yevro (sof) maosh taklif qilgan. Futbolchining vakillari esa klub tarixidagi eng yirik shartnomani, ya’ni yiliga 30 million yevrogacha bo‘lgan maoshni (asosiy maosh, bonuslar va imzo puli bilan) so‘ragan. Bunday shartlar bundan avval faqat Krishtianu Ronalduga taqdim etilgan edi. Klub rahbariyati esa braziliyalik vingerning talablarini qanoatlantirmoqchi emas. Shuningdek, klubdagi manbalar moliyaviy tafovutlar bilan birga Alonso bilan tarang munosabat muzokaralar jarayonini qiyinlashtirayotganini ham ta’kidlamoqda.
Klubning ichki reaksiyasi
“Real Madrid”ning rasmiy kommunikasiya bo‘limi Vinisius va Peres o‘rtasida uchrashuv bo‘lganini rad etgan. Biroq klubning yuqori darajadagi bir nechta vakillari suhbat o‘tgani borasida ma’lumotni tasdiqlagan.
Klub Vinisius Alonso qo‘l ostida avvalgidek yetakchilik maqomiga ega emasligi sabab xavotirda. Rahbariyat futbolchiga oldingidek ishonch bildirmoqchi bo‘lgan, ammo “Barselona”ga qarshi o‘yindagi reaksiyasi ortidan vaziyat o‘zgargan. Lekin rahbariyat futbolchining keskin harakatlari uchun jarima qo‘llamagan.
Prezident Florentino Peres Vinisiusni juda hurmat qiladi. Xususan, 2023-yilda Valensiyada irqchilikka uchraganidan so‘ng “Santyago Bernabeu” VIP tribunasida Peres yonida o‘tirgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Kelajak nima bo‘ladi?
Klub ichida Vinisius misolida bir guruh futbolchilarning noroziligi ortib borayotgani sezilmoqda. Shunga qaramay, rahbariyat jamoaning ijobiy natijalari Alonso va Vinisius o‘rtasidagi munosabatni yumshatishiga umid qilmoqda. Vaziyatni boshqarishda Peres va klubning braziliyalik skauti Juni Kalafat muhim shaxs sifatida ko‘rilmoqda. Agar vaziyat o‘zgarishsiz qolsa, futbolchi yoki murabbiydan biri jamoadan ketishga majbur bo‘ladi. Aks holda, bu harakatlar “qirollik klubi”ning o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Humoyun Oripov tayyorladi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.
"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.
Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.
Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.
Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.
Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.
Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.