Video: Qiz va yigitning videosini internetda tarqatib yuborgan yigit "samosud" qilindi

Video: Qiz va yigitning videosini internetda tarqatib yuborgan yigit "samosud" qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda qiz va yigitning videosini tarqatib yuborgan yigit "samosud" qilingan video tarqaldi. 

Videolavhada bir guruh yigitlar "Damas" avtomashinasida "aybdorni" olib kelib, telefon kamerasiga qarab kechirim so‘ratayotganini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, yigit uning yonida turgan bola hamda qizning videosini internetda tarqatib yuborgan. Yigit esa kameraga qarab barcha admin hamda gruppaga o‘sha videoni tarqatganlardan o‘chirib tashlashni iltimos qilgan.

Tarqalgan videolavhada nima tasvirlangani hozircha ma’lum emas. Lekin do‘pposlaganlarning birining (katta ehtimol bilan tarqalgan videoda aynan shu yigit ham bo‘lgan) aytishicha, videodagi qiz videolavha tarqab ketgani uchun o‘zini osishini ham aytgan.

Voqea katta ehtimol bilan Xorazm viloyatida sodir bo‘lgan. Hozircha vaziyatga rasmiy izoh berilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!