Video: Braziliyalik uchuvchi parvoz paytida Islomni qabul qildi

Video: Braziliyalik uchuvchi parvoz paytida Islomni qabul qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda parvoz paytida Islomni qabul qilgan braziliyalik uchuvchi haqidagi videorolik tarqaldi, deya xabar bermoqda Kahleej Times.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Saudiya Arabistoniga ketayotgan samolyotning uchuvchilar kabinasida, yerdan 5500 metr balandlikda ro‘y bergan. Avialayner Tabuk mintaqasi ustidan o‘tayotgan mahal birinchi uchuvchi o‘zining ona tili bo‘lmish arabchada shahodat kalimasini aytgan va shunday degan: “Mening braziliyalik ikkinchi uchuvchim, kapitan Amari shahodat kalimasini aytadi”.

Shundan keyin birinchi uchuvchi kalimai shahodatni aytgan, braziliyalik hamkasbi esa qaytargan. Videorolik ikki uchuvchining bir-birini birodar deb atashi va xursandchiligi bilan yakunlangan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!