Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi, ro‘yxatda Markaziy Osiyo prezidentlari yo‘q.
Kremlning ma’lum qilishicha, 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida quyidagi yetakchilar ishtirok etadi:
— Abxaziya (tan olinmagan davlat) prezidenti Badra Gunba;
— Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
— Laos prezidenti Txonglun Sisulit;
— Malayziyaning oliy hukmdori sulton Ibrohim;
— Slovakiya hukumati raisi Robert Fiso (uning o‘zi paradda ishtirok etmasligini e’lon qilgan);
— Janubiy Osetiya (tan olinmagan davlat) prezidenti Alan Gagloyev;
— Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina tarkibidagi avtonom hudud) prezidenti Sinisha Karan;
— Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina tarkibidagi avtonom hudud) Xalq Assambleyasi raisi Nenad Stevandich;
— Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina tarkibidagi avtonom hudud) “Mustaqil sosial-demokratlar ittifoqi” partiyasi raisi Milorad Dodik.
