Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda Toshkentda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmayapti

Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda Toshkentda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmayapti

Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda, suvning o‘chirilishi butun shaharda bir vaqtni o‘zida emas, balki kvartallar bo‘yicha amalga oshiriladi.

5 kunlik issiq suv ta’minotini o‘chirish gidravlik sinovlar (bosim bilan tekshirish) paytida amalga oshiriladi. Ular, boshqa narsalar qatori, quvurlardagi nuqsonlarni aniqlash uchun ham zarur. Nuqsonlarni profilaktik bartaraf etish, isitish mavsumida avariya holatlar sonini kamaytiradi.

Yangi kiritilgan tartib-qoidalar:

💠 Gidravlik sinovlar Toshkent shahrining bir necha tumanlarida bir vaqtni o‘zida emas, balki kichik xududlar (kvartallar)da mobil nasoslar yordamida o‘tkaziladi. Bunday yondashuv o‘tkaziladigan sinovlar sifatini oshiradi. Mutaxassislarning e’tibori issiqlik tarmog‘ining kichik bir qismiga qaratiladi, ya’ni tekshirish batafsilroq bo‘lib, ko‘proq nuqsonlarni aniqlaydi.

💠 Issiq suv kvartallar bo‘yicha o‘chiriladi. O‘chirilishlar haqida rasmiy Telegram-kanalda oldindan xabar beramiz.

Gidravlik sinovlar yoz-kuz mavsumiga (kelgusi isitish mavsumi boshlanishiga yaqin) rejalashtirilgan.

Lekin, suv 27 martda 5 aprelgacha 1 kunga o‘chiriladi-ku?

Bir kunlik o‘chirish issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish uchun zarur. Ular 2 yilda 1 marta o‘tkaziladi. Mutaxassislar harorat deformasiyasi sharoitida quvurlarning mustahkamligini tekshiradilar.

Nima uchun sinovlar o‘tkaziladi, lekin isitish mavsumida avariyalar sodir bo‘ladi?

Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlar qoniqarsiz holatda. Isitish mavsumida avariya holatlari sonini kamaytirish uchun, biz isitisharo davrda issiqlik trassalari uchastkalarini almashtiramiz va nuqsonlarni bartaraf etamiz. Issiqlik tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizasiya qilish natijasida nuqsonlar soni kamayadi.

Issiq suvning boshqa o‘chirilishlari bo‘lishi mumkinmi?

Boshqa o‘chirilishlar «Veolia Energy Tashkent»ga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin.

Masalan, issiqlik energiyasini asosiy yetkazib beruvchilarimiz hisoblangan «Toshkent issiqlik markazi» MCHJ va «Toshkent IEM» AJ issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi uskunalarning ta’mirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ (ichimlik suvi yetkazib beruvchi) suv o‘tkazgichlar va suv tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlarini olib borishi hamda issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalarga suv berishni vaqtincha cheklashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!