Vengriya parlamenti Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini ma’qulladi

Vengriya parlamenti Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini ma’qulladi

Vengriya parlamenti 26 fevral kuni Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ma’qulladi.

Ushbu qarorga 188 nafar deputat «ma’qul», olti nafar xalq vakili «qarshi» ovoz berdi.

Shunday qilib, Vengriya NATOning 31 ta davlati ichida Shvesiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga arizasini ma’qullagan oxirgi bo‘ldi.

Finlyandiya va Shvesiya 2022 yil may oyida birgalikda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Xelsinki 2023 yil 4 aprelda alyansga rasman qo‘shildi.

2024 yilning yanvarida Turkiya Shvesiyaning ittifoqqa kirishini ma’qulladi. Vengriya Stokgolm arizasini ratifikasiya qilmagan oxirgi davlat bo‘ldi.

Vengriya parlamentidagi ovoz berishdan so‘ng Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristersson buni o‘z mamlakati uchun tarixiy kun deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!