Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini genosid deb atadi

Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini genosid deb atadi

Venesuela Isroil davlati tomonidan G‘azo sektori aholisiga qarshi amalga oshirilgan genosidni qoralaydi.

Bu haqda ushbu mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari Ivan Gil Pinto Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

“Venesuela Isroil davlati hukumati tomonidan amalga oshirilgan genosidni qoralaydi. Yagona yechim - BMT Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini yaratish zarurligini tan olishi va ularga teng munosabatda bo‘lishidir”, - dedi Pinto.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!