"Venera nima bo‘lganda ham Rossiya sayyorasi"

"Venera nima bo‘lganda ham Rossiya sayyorasi"

"Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozinning aytishicha, Rossiya hayot mavjudligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sayyora atmosferasida biomarkerlar topilganligi haqidagi ma’lumotdan keyin Veneraga o‘z missiyasini yuborishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Dasturimizda amerikaliklar bilan birgalikda sayyorani o‘rganish bo‘yicha “Venera-D” loyihasini tiklash bor. Shuningdek, Veneraga yuboriladigan alohida missiyani ham ko‘rib chiqmoqdamiz”, - dedi bo‘lim boshlig‘i.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Venera, nima bo‘lganda ham Rossiya sayyorasi".

Ta’kidlanishicha, missiya 2027 yildan 2029 yilgacha amalga oshirilishi kerak, ammo loyiha hamon Rossiya tomonidan moliyalashtirilmagan. Qayd etilishicha, keyingi 10 yil davomida 17 milliard rubldan ko‘proq mablag‘ talab etiladi.

“Venera-D” loyihasining Amerikadagi qismi ham taxminan shuncha miqdorga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!