Vazirlik: Qashqadaryodagi vaziyat to‘liq barqarorlashdi

Vazirlik: Qashqadaryodagi vaziyat to‘liq barqarorlashdi

Qurilish maydoniga Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat prokurori, milliy gvardiya va boshqa sektor rahbarlari, “Enter Engineering” kompaniyasi rahbari, Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari yetib bordi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Norozilik bildirgan ishchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi va ishchi-xodimlar tomonidan ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar joyida hal etildi va tegishliligi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Ayni vaqtda vaziyat to‘liq barqarorlashgan bo‘lib, barcha masalalar ijobiy hal etildi va ishchi-xodimlar tez orada o‘z ish joylariga qaytmoqdalar.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!