2019 yil 26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish, energetika hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining maqsadli vazifalarni joriy yil birinchi yarim yilligida bajarish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan mamlakatni qisqa, o‘rta, va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashga, aholi farovonligini oshirish va ushbu yo‘nalishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganiga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga 2019 yilda jami 43 ta vazifa yuklatilib, ulardan 33 tasining ijro muddati etib joriy yilning birinchi yarim yilligi belgilangan. Ushbu topshiriqlardan 25 tasi bajarilgan. Respublikaning asosiy iqtisodiy rivojlanish prognoz parametrlarini tarmoqlar va hududlar kesimida monitoring qilish, ishchi komissiyalar tuzgan holda 2018 yil hududiy prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda qoloq hududlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish kabi vazifalar shular jumlasidan.
Shu bilan birga, vazirlik tomonidan ijro muddati joriy yilning birinchi yarmiga belgilangan 8 ta vazifa yoki jami vazifalarning 24 foizi bajarilmagan va 2 ta vazifa muddatidan kechikib bajarilganligi qayd etildi. Xususan, mahsulotlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, maqsadli parametrlarni ishlab chiqish, monitoring qilish, tashqi va ichki bozorda sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligi past darajada ekanligi sabablarini aniqlash, mavjud tabiiy resurslar asosida sanoat ishlab chiqarish loyihalarini tayyorlash, past rentabelli yerlar unumdorligini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish orqali oshirish loyihalarini ishlab chiqish kabi topshiriqlar bajarilmay qolganligi qayd etildi.
Majlisda maqsadli vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga erishmagan vazirliklar faoliyati qoniqarsiz ekanligi alohida qayd etib o‘tildi va bunday kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan tegishli tavsiyalar va takliflar bildirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Ўзбекистонлик аралаш яккакураш устаси Саидёқуб Қаҳрамонов таэквондо WT бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси, икки карра Олимпия ўйинлари ғолиби Улуғбек Рашитов ҳақида фикр билдирди.
Сиёсатчи таъкидлашича, агар бу ракеталар Россияга ҳужум қилиш учун ишлатилса, Москва буни Германиянинг уруш ҳаракатларида бевосита иштироки деб баҳолайди
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади