Vazirlar Mahkamasi qarorida adolatsizlik va diskriminasiya mavjudmi?

A A A
Vazirlar Mahkamasi qarorida adolatsizlik va diskriminasiya mavjudmi?

Joriy yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari bilan birgalikda “Haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishning dolzarb masalalari va deputatlik tashabbusi” haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi. 

Mazkur masala partiyaning ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faol hamkorlari uza.uz, kun.uz, xabar.uz, qalampir.uz veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi hamda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zstandart agentligidan mas’ullar ishtirok etgan yig‘ilishda deputatlar tomonidan haydovchining sog‘lig‘i, uning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishi hamma narsadan muhim ekanligi ta’kidlandi. Fraksiyada shu kabi bir qator masalalar ko‘tarildi.

Birinchidan, so‘nggi paytlarda haydovchilar, keng jamoatchilikda yo‘l harakati qoidalariga oid bir nechta e’tirozlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan, “tonirovka” uchun ruxsatnoma olishning juda qimmatligi; o‘zi shundoq ham issiq va deyarli tuman kuzatilmaydigan bir sharoitda mashina faralarini kunduzi yoqib yurish talabi (keyinchalik o‘zgartirildi va muddati qoldirildi) va shu kabi masalalar shular jumlasidandir.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur normalar jamoatchilikning fikrini o‘rganmasdan, keng muhokama qilinmasdan qabul qilinishi natijasida ijtimoiy tarmoqlarda ham noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bundan ko‘rinadiki, xalqimiz uchun qabul qilinayotgan hujjatlar xalq vakillari tomonidan qabul qilinishi lozim. 

Bundan tashqari, Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yillik yig‘ilishida ham “qonunosti hujjatlarini qabul qilish amaliyotidan voz kechish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan qonunlar qabul qilish vaqti keldi” deya ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari qonunosti hujjatlarini, ayniqsa, keng aholiga oid hujjatlarni (“Yo‘l harakati qoidalari”) faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunlar orqali xalq va uning vakillari tomonidan qabul qilinishi lozimligini qayd etishdi.

Ikkinchidan, “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijtimoiy adolatsizlik va diskriminasiya hisoblanadi. Sababi transport vositalari haydovchilari, shu jumladan, respublika hududiga tashrif buyuradigan turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarordan o‘tgan bir yil vaqt davomida faqatgina 1000 ga yaqin avtomobil egalarigina foydalandi. Mamlakatimizda 2 500 000 mingdan ortiq avtomobil mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, atigi 0,04 % haydovchilar bu imkoniyatdan foydalanibdi xolos. Shumi xalqimizga qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan qaror natijasi va qamrov darajasi? 18 245 700 so‘mni to‘lashga qurbi yetmagan 99,96% haydovchilarga kim sharoit yaratadi? Ushbu raqamlar va ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab fikr mulohazalardan ayon bo‘ladiki mazkur qaror ko‘zlangan maqsadga xizmat qilmadi va o‘z vazifasini bajara olmadi. Shundan kelib chiqqan holda, partiya fraksiyasi vakillari mazkur qarordagi to‘lov miqdorini aholining real daromadlaridan kelib chiqqan holda sezilarli ravishda pasaytirishni taklif etdi. 

Uchinchidan, avtomobil yo‘lovchilari va ayniqsa haydovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi ultrabinafsha nurlardan himoya qilish maqsadida hamda mutlaqo bepul va barcha birdek foydalanishi uchun Hukumatning 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 74-bandiga va 2015 yil 25 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4 bandida transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligiga belgilangan 70 foiz chegirmani 55 foizgacha tushirish taklifi tayyorlandi.

Joriy yilning 19 iyul kuni Vazirlar Mahkamasiga fraksiyada ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha takliflar yuborildi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 1 avgustgacha Qonunchilik palatasiga ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng” ekanligini ta’minlashga hamda “qonunlar xalq va uning manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinadi” tamoyili uchun xizmat qilishi tabiiy.

O‘zbekiston “Adolat” SDP

Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» bugun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘yin o‘tkazadi

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.